• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    “Daryo” Amerikada: Plantronics’ning Kremniy vodiysidagi ofisiga tashrif

    Shunday qilib, Plantronics’ning Meksikadagi zavodini tomosha qilib, kechga yaqin ortga, AQShga qaytdik.

    Qaytishda chegaradan piyoda o‘tdik. Meksika tomonidan hech qanday tekshiruv o‘tkazilmas, faqat AQSh chegarachilari hujjatlarni tekshirar ekan.

    Aytishlariga qaraganda, bizga omad kulib boqqan emish: odatda chegarada odam ko‘p bo‘lar, yarim soat—bir soat davomida navbat kutish odatiy hol ekanligi ta’kidlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ishqilib, chegara — bu ancha eski va uncha yoqimli bo‘lmagan katta zal bo‘lib, unda taxminan 6 chegarachi o‘tiribdi. Har birining oldiga navbatma-navbat o‘tilyapti. Chegaradan o‘tish yarim daqiqa vaqt oldi — chegarachi (soqolli, shlyapali, kiyimlari g‘ijim) amaki pasportimga bir qiyo boqdi va AQShga kirishga ruxsat berdi.

    Nariroqda mikroavtobusimiz kutib turardi. Unga o‘tirdik-da, San-Diyego aeroportiga yo‘lga tushdik. Keyingi manzil: Plantronics’ning Santa-Kruzdagi bosh ofisi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    San-Diyego va Santa-Kruz shaharlari orasidagi masofa kattaligi bois (deyarli 800 km), avval samolyotda San-Xose shahriga borib, u yerdan boshqa mashinada Santa-Kruzga boradigan bo‘ldik.

    San-Diyegodan San-Xose shahriga Southwest Airlines aviakompaniyasi samolyotida uchdik. Southwest arzon narxlarda xizmat ko‘rsatadigan aviakompaniya bo‘lib, kuniga 3400 ta reys amalga oshirar ekan. Eng qizig‘i, aviakompaniya samolyotlarida joylar oldindan taqsimlanmas ekan: xuddi avtobusdagidek, kim birinchi chiqsa, shu yaxshi joylarni tanlab oladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yaxshi joylar talash bo‘lmasligi uchun biletlar guruhlarga bo‘lib taqsimlanar ekan. Ya’ni, aeroportga vaqtli kelsangiz, siz A guruhga kirasiz va samolyotga birinchilardan bo‘lib o‘tirasiz. Kechroq borsangiz, unda C guruhga qo‘shilasiz hamda A va B guruhda kirgan yo‘lovchilar egallamagan joylarga o‘tirishingiz mumkin bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biz sal kech borgan ekanmiz, C guruhiga tushdik va eng noqulay joylarda o‘tirib ketdik :-( Ammo, uni-buni qo‘yavering, samolyot bortida Wi-Fi bor ekan: 8 dollarga parvoz davomida mazza qilib “Daryo”ni o‘qib ketdim :-)

    Parvoz davomida internet! Foto: “Daryo”

    Parvoz davomida internet! Foto: “Daryo”

    San-Xose aeroportida: “Kremniy vodiysi shu yerdan boshlanadi”. Foto: “Daryo”

    San-Xose aeroportida: “Kremniy vodiysi shu yerdan boshlanadi”. Foto: “Daryo”

    San-Xose va Santa-Kruz shaharlari o‘rtasida joylashgan Skotts-Xill shahridagi mehmonxonada tunab, ertasi kuni, 18-aprelda Plantronics’ning bosh ofisiga keldik. Kompaniya ofisi Santa-Kruzning juda tinch, osoyishta qismida joylashgan bo‘lib, u hududda yana juda ko‘p turli kompaniyalar faoliyat yuritar ekan.

    Plantronics bosh ofisi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Plantronics bosh ofisi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Plantronics bosh ofisi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Plantronics bosh ofisi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Santa-Kruz geografik jihatdan Kremniy vodiysida joylashmagan bo‘lsa-da, shaharda ko‘plab yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatadigan kompaniyalar bo‘lgani uchun, Vodiydagi shaharlar qatoriga kiritilar ekan.

    Plantronics bosh ofisiga kiraverishda kompaniya g‘ururi — Oyga qadam qo‘ygan birinchi inson (Nil Armstrong) kompaniya garniturasidan foydalangani aks etgan katta surat osib qo‘yilgan.

    Plantronics bosh ofisi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Plantronics bosh ofisi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Ofis bo‘ylab ekskursiyani boshlashdan avval kompaniya mutasaddilari, kompaniya tarixi va kelajagi bilan tanishdik. Ekskursiyani esa Plantronics qurilmalari dizayni ishlab chiqariladigan laboratoriyadan boshladik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dizayn laboratoriyasi boshlig‘i Darrin Kaddes avval BMW kompaniyasida dizayner bo‘lib ishlagan va mototsikllarga juda qiziqar ekan. Ammo, mototsiklida avariyaga uchrab, oyoqlari ishlamay qolgan, aravachada harakat qilarkan. O‘zining aytishicha, aravachaga bog‘lanib qolib, ikkala qo‘li aravachani g‘ildiratish bilan band bo‘lgan paytda telefon orqali so‘zlash uchun Plantronics garnituralaridan foydalana boshlagan. Ulardan foydalanishni qulaylashtirish, doim suhbatda bo‘ladigan biznesmenlar, qo‘li doim band kishilar, haydovchilar va o‘ziga o‘xshagan nogironlar hayotini yengillashtirish uchun u Plantronics kompaniyasiga ishga o‘tgan ekan.

    Plantronics bosh dizayneri. Foto: “Daryo”

    Plantronics bosh dizayneri. Foto: “Daryo”

    Uning ishini qanchalik sevishi, har bir savolga juda berilib, jon-jahdi bilan javob berishi, qurilmalar haqida muhabbat bilan gapirib berishi mening havasimni keltirdi. Hamma sohada shunday jonkuyar xodimlar bo‘lganida edi...

    Dizayn laboratoriyasida yangi qurilmalar dizayni, eski qurilmalarni yaxshilash ustida ish olib boriladi. U yerda avval ishlab chiqarilib, ammo sotuvga chiqmagan qurilmalar ko‘rgazmasi ham bor. Bundan tashqari, taxminan 50 xil quloqlarning maketlari bor: yangi qurilmalarni o‘sha “quloq”larga “taqib” ko‘rib, tekshirilar ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ofis open space – bo‘laklarga bo‘lingan katta zallardan iborat. Bir zalda 10 dan 50 kishigacha ishlashi mumkin. Buning oqibatida yuzaga kelishi mumkin shovqinning oldini olish uchun zallarda sun’iy sharsharalar o‘rnatilgan. Sharsharalarning biridangina rosmana suv shovqini eshitiladi. Bu sharsharada suv shoviqini yozib olinib, boshqa shunday sharshalarga ulangan. Qiziq-a? :-)

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ba’zi zallarga maxsus chiroqlar o‘rnatilib, ular shiftlarni mayin ranglar bilan yoritib turadi. Bu qulay ish muhitini, yaxshi kayfiyatni yaratishga hissa qo‘shishini aytishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ofisda katta zallardan tashqari kichik xonalar ham bo‘lib, ularda yig‘ilishlar, muzokaralar o‘tkaziladi. Xonalarda telefon, simsiz internet, videokonferensiyalar uchun televizorlar o‘rnatilgan. Xonalar fazo mavzusida nomlangan: biz Nil Armstrong, Bazz Oldrin, Xyuston, Qo‘nish (Splashdown), Ko‘tarilish (Take off) xonalarini ko‘rdik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xodimlarning qorni ochqab qolsa uncha yaxshi ishlamaydi, shundaymi? Shu sababli xodimlar uchun oshxona mavjud bo‘lib, u yerda istalgan payt bepul ovqatlanish mumkin ekan. Plantronics mutasaddilari bizning ham ahvolimizdan tez-tez xabar olib turishdi, och qolmadik ;-)

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ofisning o‘z hovlisi bo‘lib, u yerda kichik ko‘lcha va sharshara mavjud, atrofiga esa stol va stullar qo‘yilgan. Havo yaxshi bo‘lganda — Kaliforniyada esa deyarli doim havo ochiq — hovlida o‘tirib ham ishlash mumkin, toza havo va suvning shildirashidan bahra olgan holda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xonalarni aylanib yursak, Bluetooth — simsiz axborot uzatish texnologiyasini yaratgan kishi — Yaap Xaartsenni uchratib qoldik. Bu kishi Plantronics uchun juda muhim mutaxassis, chunki kompaniyaning deyarli barcha qurilmalari Bluetooth texnologiyasi yordamida ishlaydi.

    Bluetooth'ni kashf qilgan inson. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Bluetooth'ni kashf qilgan inson. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Bluetooth'ni kashf qilgan inson. Foto: “Daryo”

    Bluetooth'ni kashf qilgan inson. Foto: “Daryo”

    Esingizdami, kompaniyaning Meksikada joylayshgan zavodidagi aks-sadosiz xona haqida yozgan edim. Bosh ofisda ham shunday kamera bor ekan (faqat kichikrog‘i). Bundan tashqari, bu yerda elektromagnit to‘lqinlar o‘tmaydigan kamerani ham ko‘rdik. Ya’ni, u xonada telefonning antennasi ushlamaydi, televizor ko‘rsatmaydi, radio esa kuylamaydi. Bu yerda Plantronics garnituralariga elektromagnit to‘lqinlarning ta’siri o‘rganiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Amerikaning bir tomoni hayron qoldirdi. Masalan, kompaniya bosh dizayneri toza amerikalik, boshqa top-menejeri fransuz, prototiplar laboratoriyasi rahbari esa shveysariyalik nemis. Bundan tashqari biz qora tanlilarni, lotin amerikaliklarni ko‘p uchratdik. Ular barchasi o‘ziga xos sheva bilan gapiradi (asli fransuz bo‘lgan xodim qancha urinsa ham “r” tovushini ayta olmadi) va bu odatiy hol hisoblanadi, hech kim bundan ajablanmaydi, taajjublanmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ekskursiyamizning ikkinchi kunida kompaniya prezidenti Ken Kannappan bilan uchrashdik. U tushlik ustida kompaniya kelajagi haqida so‘zlab berdi. Juda ochiq, og‘ir-bosiq kishi ekan. Ko‘rinishi juda sodda bo‘lgan bu insonning deyarli milliard dollarlik mahsulot chiqaruvchi kompaniya rahbari ekanligiga ishonish qiyin.

    Plantronics prezidenti Ken Kannappan kompaniya top-menejerlari bilan. Foto: “Daryo”

    Plantronics prezidenti Ken Kannappan kompaniya top-menejerlari bilan. Foto: “Daryo”

    Kompaniya patentlari. Foto: “Daryo”

    Kompaniya patentlari. Foto: “Daryo”

    Plantronics bosh ofisiga tashrifimizning ikkinchi (va so‘nggi kunida) top-menejerlar kompaniyaning korporativ segment uchun mo‘ljallangan mahsulotlari va yangi taqiladigan qurilmalar olami haqida so‘zlab berdi.

    Masalan, Plantronics Voyager garniturasida bir qancha sensorlar o‘rnatilgan bo‘lib, telefoningiz jiringlayotgan paytda uni qulog‘ingizga taqsangiz, u go‘shakni avtomatik tarzda ko‘taradi. Kompaniyaning yangi, hali bozorga chiqishga ulgurmagan prototiplarida boshingiz qaysi tomonga qarab turgani, qanday tezlikda harakatlanayotganingiz, tanangiz harorati, dengiz sathidan qanday balandlikda joylashganingiz haqida ham ma’lumotga ega bo‘lar ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kompaniya nafaqat Bluetooth-garnituralar, balki geymerlar uchun ham quloqchinlar ishlab chiqaradi. Bu haqda yoshlari ellikka borib qolgan, o‘zini ashaddiy geymer hisoblaydigan Plantronics xodimi so‘zlab berdi. Yosh geymerlarni brend bilan tanishtirib, keyinchalik ularni kompaniya garnituralaridan foydalanishini ta’minlash uchun bunday qurilmalar ishlab chiqarilishini aytishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish haqida so‘z borganida qurilmalar prototiplarini yaratish to‘g‘risida so‘z ketdi. Ushbu jarayon bilan to‘liq tanishtirish maqsadida bizni yangi mahsulotlar laboratoriyasiga taklif qilishdi.

    Yangi mahsulotlat laboratoriyasi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Yangi mahsulotlat laboratoriyasi. Foto: Onliner.by / “Daryo”

    Laboratoriyada turli qurilma va stanoklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular qatorida 3D-printerlar ham bor ekan. Bunday printer yordamida yangi qurilma korpusini qisqa muddatda yaratish mumkin.

    Yangi mahsulotlar laboratoriyasi. Foto: “Daryo”

    Yangi mahsulotlar laboratoriyasi. Foto: “Daryo”

    Ikki kun davomida Plantronics kompaniyasi haqida batafsil ma’lumot olib, uyga otlandik. Buning uchun yana samolyotga o‘tirib, Los-Anjelesga yo‘l oldik. U yerdan kimlar Moskvaga, kimlar Baku, kimlar Olma-ota va Minskka, men esa Seul (Janubiy Koreya)ga yo‘l oldim.

    Xayr, Amerika!

    Aytgancha…

    Agar Plantronics garnituralarini sotib olmoqchi bo‘lsangiz, Toshkentdagi Mars Solutions kompaniyasiga murojaat qiling:

    Telefon: (+998-71) 200-33-55 (qo‘shimcha 201), (+998-94) 634-09-99. Faks: (+998-71) 200-33-77

    Veb-sayt: http://followmars.com

    07.04.2015, 16:00   Izoh (0)   5792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yarim million Reddit foydalanuvchilari sirli tugmani bosgani ma’lum bo‘ldi

    07.04.2015, 09:22

    Samsung Shanxaydagi tadbirda yollanma muxlislardan foydalangani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi

    06.04.2015, 17:23

    Toshkentda Samsung Galaxy S6 600 ming so‘mga arzonlashib, 2,6 mln so‘mdan sotila boshladi

    06.04.2015, 15:57

    Rossiya internet-trafik hajmi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi

    06.04.2015, 11:20

    Katta adron kollayderi qaytadan ishga tushirildi

    06.04.2015, 08:50

    Apple Xitoyda eng yirik smartfon sotuvchisiga aylandi

    04.04.2015, 10:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.