SimilarWeb kompaniyasi internet-trafik hajmi bo‘yicha mamlakatlar reytingini tuzdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”. Unda yetakchilar uchligini hissasiga dunyodagi trafikning chorak qismi to‘g‘ri keladigan AQSh (25,05%) hamda Buyuk Britaniya (5,51%) va Rossiya (5,05%) tashkil qildi.
Ta’kidlash joiz, ushbu hisobotga Xitoy kiritilmagan, SimilarWeb bu mamlakatda statistika olib bormaydi. Bundan tashqari, reytingda desktop trafigi hisobga olinadi.
Dunyoda trafikning katta qismi — tashriflarning 43,4 foizi internet-brauzerlardan saytlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish orqali hosil bo‘ldi. Qidiruv tizimlari va boshqa manbalar orqali o‘tish trafik hajmining 27,8 va 21,1 foizini ishlab chiqdi. Ijtimoiy media hissasiga esa trafikning bor-yo‘g‘i 5,8 foizi, reklama va pochta orqali o‘tishga esa 1,5 va 0,4 foizi to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)