Michigan Micro Mote (M³) — dunyodagi eng mitti avtonom kompyuter. Uning hajmi atigi bir kub millimetrga teng, deb yozadi “Mail.ru”.
Kichik hajmiga qaramay, qurilma suratga tushira oladi, haroratni aniqlay oladi va bosim ko‘rsatkichlarini qayd etadi. Uning yagona kamchiligi — unga klaviatura va sichqoncha yoki monitorni ulashning iloji yo‘q. Biroq olimlar buning boshqa yo‘lini o‘ylab topdi: operator tomonidan kompyuterga yuqori chastotali ma’lum impulslar orqali axborot jo‘natiladi, devaysning o‘zidan axborot yuborish esa radiosignal yordamida amalga oshadi.
Qurilmaning ixcham hajmi uni tibbiyotda (organizmga kiritib, ba’zi ko‘rsatkichlarni monitoring qilish uchun) va neft qazib olishda (neft konlarini topish uchun) qo‘llash imkoniyatini beradi.
Izoh (0)