Facebook tomonidan internet tarqatish maqsadida ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchar moslama ilk parvozini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi, deya xabar bermoqda Meduza Mark Sukerbergning Facebook’dagi akkauntiga tayanib.
Uchar moslama qanotlari qulochi “Boing-737”niki, og‘irligi esa yengil mashinanikiga teng bo‘ladi. U o‘z qanotlariga o‘rnatilgan quyosh batareyalari ishlab chiqaradigan energiya hisobiga uchadi.
Sukerberg so‘zlariga ko‘ra, qurilma 18 ming metr balandlikda to‘xtovsiz bir necha oylar davomida parvoz qilishi mumkin. U sayyoraning eng olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarini internet bilan ta’minlashi mumkin.
Izoh (0)