Samsung 2016-yilda chiqarishni rejalashtirayotgan egiluvchan smartfon iPhone 7’ning asosiy raqobatdoshiga aylanadi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” IT-sanoat ekspertlariga tayanib.
Taxmin qilinishicha, Samsung yangi gadjetini Apple’ning yangi qurilmasi bilan bir vaqtda taqdim etadi. Modelning qanday nomlanishi noma’lum, biroq ko‘p manbalarda u Galaxy S7 deb atalmoqda. Va bunda gap egib, bukish mumkin bo‘lgan smartfon haqida bormoqda.
Izoh (0)