Qrim parlamenti Rossiy prezidenti Vladimir Putinga, uning Qrim federal okrugidagi maxsus vakili Oleg Belavensevga, Qrim rahbari Sergey Aksyonovga va davlat kengashi spikeri Vladimir Konstantinovga Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilishining bir yilligi munosabati bilan respublikaning faxriy fuqarosi maqomini berish masalasini ko‘rib chiqadi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Tegishli qaror Simferopolda bo‘lib o‘tgan Qrim davlat kengashining prezidiumi yig‘ilishida qabul qilingan.
Rossiya prezidenti va viloyat rahbarlariga Qrimning oliy davlat mukofotini berish tashabbusi respublikaning Jamoat palatasidan chiqqan.
Izoh (0)