Qozonning “Admiral” savdo markazi xarobalaridan 11 nafar qurbonlar jasadlari topildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Qutqaruvchilar juma kuni bino fasadi plitalarini qulatishni yakunlamoqchi.
Savdo majmuasidagi yong‘in 11-mart kuni sodir bo‘ldi. 55 nafar jabrlanganlar tibbiyot xodimlariga murojaat qilgan, ularning 16 nafari kasalxonalarda yotibdi. Uch kishining ahvoli og‘ir.
Fojia fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida savdo markazi ijarachisi bo‘lgan firma direktori Guseyn Gahramanov hibsga olindi.
Ayni paytda voqea joyida xarobalarni tartibga solish davom etmoqda.
Izoh (0)