AQSh prezidenti Barak Obama SMS yubormaydi, Twitter ijtimoiy tarmog‘ida kamdan-kam holatlarda o‘zi xabar yozadi hamda ovoz yozib olish moslamalariga ega smartfonlardan foydalanmaydi. Bu haqda u ABC kanalidagi Jimmy Kimmel Live hazil shousi efirida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Men SMS-xabarlar yozmayman. Men elektron xatlar yuboraman. Men haligacha Blackberry ishlataman”, — dedi Obama.
Amerika prezidenti so‘zlariga ko‘ra, u xavfsizlik yuzasidan ichki ovoz yozib olish moslamalariga ega smartfonlardan foydalana olmaydi. Shu sababli unda “urf bo‘lgan qurilmalarning ko‘pi” yo‘q.
Shuningdek, Barak Obama teleboshlovchiga AQSh sobiq bosh kotibi Hillari Klintonning yangi elektron manzilini berishdan bosh tortdi. “U buni istashi amri mahol”, — deya izohladi buni Obama.
Izoh (0)