KXDR “yer—havo” sinfidagi yettita raketani uchirdi, deya xabar bermoqda Interfax Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar 12-mart, payshanba kuni Yapon dengiziga qarata otilgan. Ularni KXDR yetakchisi Kim Chen In kuzatgan.
Nashrning ta’kidlashicha, raketalar aynan Janubiy Koreyada AQSh bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgan paytda uchirilgan.
Izoh (0)