Nyu-York meri Bill de Blazio shahardagi davlat maktablari musulmon bayramlari — Ramazon hayiti va Qurbon hayitida yopiq bo‘lishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters. Ushbu qaror 2015-yil kuzida kuchga kiradi.
“Bu bizning o‘sib borayotgan musulmon jamoatchiligini hisobga olib, ularning shahrimizga qo‘shayotgan hissasini hurmat qiladigan sog‘lom qarordir”, — deya aniqlik kiritdi de Blazio.
Nyu-York ta’lim departamenti rahbari Karmen Farina aytishicha, musulmonlarni Ramazon hayiti va Qurbon hayitini nishonlash yoki o‘qishdan birini tanlashga majbur qilish kerak emas.
Avvalroq bunday qarorlar Nyu-Jersi, Massachusets va Vermont shtatlaridagi shaharlarda ham qabul qilingan edi.
Izoh (0)