BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Ukrainadagi Zasyadko konida halok bo‘lgan konchilar oilalariga hamdardlik bildirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dyujarrikka tayanib. U kelajakda bunday vaziyatlar takrorlanmasligiga umid qilib qoldi.
Dyujarrik so‘zlariga ko‘ra, bosh kotib “ko‘mir konidagi portlash haqidagi xabardan chuqur qayg‘uga tushgan”.
Eslatib o‘tamiz, 4-mart kuni ertalab Donetskdagi Zasyadko konida portlash ro‘y berdi. Halok bo‘lganlarning aniq soni noma’lum, konni ayirmachilar o‘rab olgan.
Oliy Rada Spikeri Vladimir Groysman avvalroq 32 konchining vafoti haqida xabar qilgan edi. Konchilar kasaba uyushmasi raisi Mixail Volinets esa 77 kishi halok bo‘lganini aytdi. Donetsk shahar ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, 157 nafar konchi qutqarilgan.
Izoh (0)