Amerikaning McDonald’s korporatsiyasi odamlarni davolash uchun mo‘ljallangan antibiotiklar berilgan tovuqlar go‘shtini ishlatishdan voz kechmoqchi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” kompaniya rasmiy vakillariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, ushbu cheklov ikki yil ichida to‘liq kuchga kiradi. Shu bilan birga, bunda gap antibiotiklar berib boqilgan tovuq go‘shtidan butunlay voz kechish haqida bormayapti. McDonald’s shifokorlar tomonidan odamlarni davolashda qo‘llanilmaydigan antibiotiklar berilgan parranda go‘shtidan foydalanishda davom etadi.
AQShlik ba’zi mutaxassislar fikricha, tovuq va qoramollarga nisbatan antibiotiklarning qo‘llanilishi “super mikroorganizmlar” paydo bo‘lishiga olib keladi, ular dori-darmonlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)