Oliy mansabdor shaxslar va parlament rahbariyati vakillari Boris Nemsovning dafn marosimiga borishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Boris Nemsov bilan xayrlashuv marosimi 3-mart, seshanba kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. U ochiq bo‘lib, har qanday kishi tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi.
Kreml ma’muriyatidagilar xabariga ko‘ra, janozada Vladimir Putin nomidan uning Davlat Dumasidagi muxtor vakili Garri Minx qatnashadi. Shuningdek, bosh vazir Dmitriy Medvedev va bosh vazir o‘rinbosarlari Nemsov bilan vidolashuvga kelmaydi.
Izoh (0)