Hindistonda N1H1 cho‘chqa grippi qurbonlari soni yil boshidan buyon 1075 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Newskaz.ru”. 28-fevral holatiga u bilan kasallanganlar soni 19 972 tani tashkil etdi.
Avvalroq kasallik yil boshidan buyon 841 kishining hayotiga zomin bo‘lgani aytilgan edi.
O‘shanda N1H1 virusi qurbonlari eng ko‘p Rajastxan va Gujarat shtatlarida qayd etilgan edi. Maxarashtra va Madxya-Pradeshda esa eng ko‘p kasallanish holatlari kuzatilgan.
Izoh (0)