Yevropada hali-hamon Amerika hukumati tomonidan tezkorlik bilan tashkil qilingan yadro quroli turibdi, u Rossiya hududiga yetib bora oladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevadagi Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Vazirning ta’kidlashicha, 1991—1992-yillarda Rossiya strategik bo‘lmagan qurol-yarog‘lari arsenalini ¾ qismga qisqartirdi. “Ushbu chora-tadbirlar Yevropada hanuzgacha AQShning Rossiya hududiga yetib bora oladigan, tezkorlik bilan tashkil qilingan yadro quroli bo‘lib turishiga qaramay amalga oshirildi”, — dedi u.
Izoh (0)