Siyosatchi Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan motam marshi umuman olganda tartibli ravishda o‘tdi, deya xabar bermoqda Interfax Moskva meriyasi mintaqaviy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash departamenti boshlig‘i Aleksey Mayorovga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlari bo‘yicha 50 dan ortiq kishi hibsga olingan. Ular jamoatchilik tartibini buzgan.
Eslatib o‘tamiz, Moskvada o‘ldirib ketilgan siyosatchi Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan motam namoyishi o‘tkazildi.
Moskva politsiyasi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, unda 10 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Boshqa manbalarga ko‘ra esa namoyish ishtirokchilari soni 50 mingdan oshgan.
Izoh (0)