Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq sudi va Jamoatchilik xavfsizligi vazirligi sirkulyari (direktiv tashkilotlar tomonidan quyi tashkilotlarga yuboriladigan farmoyish)ga muvofiq, bundan buyon barcha sudlanuvchilar sud qarshisida qamoqxona formasida emas, fuqarolik kiyimida namoyon bo‘lishi kerak, deb yozadi “24.kg”.
Shuningdek, ularning qanday uslubda kiyim tanlashini hukumat tasdiqlashi kerak emas: u rasmiy uslubda ham, kundalik uslubda ham bo‘lishi mumkin.
Hujjatning maqsadi sudlanuvchilar hibsda saqlanishi faktining sud jarayoniga ta’sir etishi oldini olishdan iborat.
Oliy xalq sudining aniqlik kiritishicha, sud hukmi e’lon qilinguniga qadar sudlanuvchilar aybdor deb e’lon qilinmaydi, shuning uchun aybdorlardek ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak emas.
Izoh (0)