Misr sudi Falastinning HAMAS harakatini terroristik tashkilot deb e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta” mahalliy OAVlarga tayanib.
Guruhning Misr hududidagi faoliyati o‘tgan yilning mart oyidayoq taqiqlangan edi. Bundan tashqari, yanvar oxirida Qohira sudi HAMASning “Izoddin al Qasam brigadasi” jangovar qanotini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan edi.
Izoh (0)