Meksikada mamlakatda eng ko‘p qidiriluvchi narkobaron Servando “La Tuta” Gomes qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Reuters.
Politsiya fikricha, uning hibsga olinishi 31 ta shtatdan biri — Michoakan ustidan nazoratni qayta tiklashga yordam beradi.
Gomes ushbu shtatdagi eng yirik shahar — Moreliyada tutilgan. Tartib soqchilari so‘zlariga ko‘ra, hibsga olish chog‘ida politsiyachilar biron marta o‘t ochmagan.
Izoh (0)