Ukrainaning “Segodnya” gazetasi fotomuxbiri Sergey Nikolayev Donbassda halok bo‘ldi, deb yozadi Meduza. Nashr xabariga ko‘ra, jurnalist Donetsk viloyatidagi Pesok aholi punkti hududida otishmalar ostida qolgan.
“Segodnya” xodimasi Anastasiya Iskritskaya o‘z Facebook’ida Nikolayevning yarador bo‘lganini yozdi. Olgan jarohatlari natijasida u kasalxonada vafot etdi.
Izoh (0)