Rossiya prezidenti Vladimir Putin muxolifatchi Boris Nemsovning qotillarini qo‘lga tushirish va jazolash uchun bor imkoniyatini ishga solishga va’da berdi, deb yozadi “Vesti.ru”. U Nemsovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, Boris Nemsov Moskva vaqti bilan 27-fevral 23:15 da (Toshkent vaqti bilan 28-fevral 01:15 da) Moskva markazidagi Moskvoretskiy ko‘prigida otib o‘ldirildi.
Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili so‘zlariga ko‘ra, Nemsov qiz do‘sti bilan ko‘prikdan o‘tayotgan mahal oq rangli mashinadan unga qarata oltita o‘q otilgan. Shulardan to‘rttasi muxolifatchiga kelib tekkan. Qotillik chog‘ida siyosatchining yonida bo‘lgan qiz — 23 yoshli ukrainalik model Anna Duritskaya o‘z ko‘rsatmalarini berib bo‘ldi.
Izoh (0)