Oq uy Minskda erishilgan kelishuvlarni “potensial muhim qadam” deb atadi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Uning to‘liq amalga oshirilishi, jumladan jangovar harakatlarning to‘xtatilib, Ukrainaning Rossiya bilan chegara yaqinida nazoratni qayta qo‘liga olishi bugungi kelishuvlar uchun haqiqiy sinov bo‘ladi”, — deyiladi Oq uy bayonotida.
Amerika tomoni fikricha, og‘ir qurol-yarog‘ Ukraina sharqidan chiqarib ketilishi kerak. Bundan tashqari, AQSh Rossiyani o‘z qo‘shinlari va texnikasini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirmoqda.
Izoh (0)