Gonkongda ikki ukasiga homilador qizcha tug‘ildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Live Science’ga tayanib.
Bunday hodisa har yarim millionta homiladan bittasida sodir bo‘lishi mumkin. Buning sababi bo‘yicha esa olimlar turli fikrlarni bildiradi. Masalan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tug‘ilgan chaqaloq ichidagi homilani teratoma (shish turi) deb hisoblaydi, biroq Gonkong shifokorlari uning organizmida homiladorlik davomida yutib yuborilgan o‘z egizak ukalarining homilalari topilganini ta’kidlamoqda.
Oxir-oqibat uch haftalik chaqaloq qizni operatsiya qilib, jigari va buyragi orasidan ikkita — 9,3 grammlik va 14,2 grammlik homilalarni topishdi, bu muddatlar homiladorlikning sakkizinchi va o‘ninchi haftasiga mosdir. Har ikkala homilada qizcha qornidagi yo‘ldoshsifat massaga ulangan kindiklarni aniqlashdi.
Xulosa qilinishicha, ular aslida uch egizaklar bo‘lgan, biroq noma’lum sababga ko‘ra, ikkita kichik homilani uchinchisi yutib yuborgan.
Izoh (0)