Walt Disney Company’ning Rossiyadagi sherigi — USM Advisors (Alisher Usmonovning aktivlarini boshqarish bilan shug‘ullanadi) unga Rossiyada OAVdagi xorijliklar ishtirokini cheklovchi yangi qoidalar kuchga kirganidan so‘ng, Rossiyadagi Disney kanalidan tushadigan daromadni saqlab qolishda yordam beradi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
“Biz bu masalani qanday hal qilishni o‘ylab ko‘ramiz, masalan, biznesdagi hissalarni qaytadan shunday taqsimlash mumkinki, daromadlar ularda saqlanib qoladi, biz esa litsenziyaga 80% egalik qilgan bo‘lardik”, — dedi USM Advisors bosh direktori Ivan Streshinskiy.
Rossiyada OAV haqidagi qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlar Rossiya OAVlarida chet elliklar va xorijiy kapital ulushini 20% darajada cheklaydi.
Izoh (0)