Kichik hajmli Beechcraft 1900 samolyoti 11-fevral, chorshanba kuni AQShning Florida shtati Mayami shahridan janubi g‘arbda qulab tushdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Natijada bortdagi to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Havo kemasi Mayami yaqinidagi Kendall aeroportidan Terks va Kaykos orollariga uchayotgan bo‘lgan, u havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib, qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan.
Samolyot qulaganida yerdagi kishilarga shikast yetmagan, biroq elektr uzatish liniyasi zarar ko‘rgan, natijada bir necha yuzlab uylar elektr tokisiz qolgan. Halokat joyida yong‘in boshlangan.
Izoh (0)