Ispaniyaning BQ kompaniyasi Ubuntu operatsion tizimida ishlaydigan dunyodagi birinchi smartfonni taqdim etdi, deya xabar bermoqda Tom’s Hardware.
BQ Aquarius E4.5 nomi ostidagi yangi smartfon arzon qurilma bo‘lib, u 4,5 dyuym 540×960 pikselli displey, to‘rt yadroli MediaTek protsessori, 1 Gb tezkor, 8 Gb ichki xotira, 8 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega bo‘ldi.
Aquarius E4.5 Ubuntu Edition 2015-yil 9-fevraldan sotila boshlaydi. Gadjetni faqat onlayn do‘konlardan xarid qilish mumkin. Uning narxi 170 yevro deb belgilandi.
Izoh (0)