Twitter mikrobloglar servisida shaxsiy xabarlarda guruh bo‘lib muloqot qilish va 30 soniyali videolavhalar yuklash mumkin bo‘ldi, deya xabar bermoqda TJournal kompaniya rasmiy blogiga tayanib.
Guruh bo‘lib chatlashishni har qanday foydalanuvchi bilan, bir-biringizga obuna bo‘lgan-bo‘lmaganligingizdan qat’iy nazar, boshlash mumkin.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar mobil dastur yordamida video yuklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Videolavha kamera orqali olinadi yoki smartfondagi galereyadan tanlab olinishi ham mumkin.
Yangi funksiyalar bir necha kun ichida barcha foydalanuvchilar uchun kuchga kiradi. Har ikkala funksiya faqat iPhone’da mavjud. Twitter’ning veb-versiyasi, Android va boshqa platformalarda guruh chatlari va video yuklash qachon mumkin bo‘lishi xabar berilmayapti.
Izoh (0)