AQSh davlat kotibi Jon Kerri Ahmadobod shahrida 11—13-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda ishtirok etish maqsadida Hindistonga tashrif buyurganida uning uchun turli mehmonxonalarda uchta xona bron qilib qo‘yilgan edi. Bu haqda mahalliy huquqni himoya qilish organlariga tayanib, Times of India gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi daqiqalargacha ushbu mehmonxona xo‘jayinlari siyosatchi qayerni tanlashini bilmagan. “Oxir-oqibat, Kerri bir mehmonxonada nonushta qildi, boshqasida tushlik yedi va uchinchisida uxladi”, — dedi voqeadan xabardor politsiya vakili.
Izoh (0)