Hindiston hukumati mamlakat shimolida Gang daryosidan 102 ta jasad topilgani yuzasidan tergov ishlarini boshladi, deb xabar beradi Interfax.
Associated Press yozishicha, bunda gap jinoyat haqida bormayapti. Marhumlar an’analarga muvofiq daryoga “dafn etilgan” bo‘lishi mumkin.
Odatda Gangga marhumlar kuli sochiladi, biroq hammaning ham krematsiya uchun imkoniyati yo‘q. Bundan tashqari, urf-odatlarga ko‘ra, turmushga chiqmagan qizlar va rohiblarning jasadlari gulxanda kuydirilmasdan turib daryoga oqizilishi mumkin.
Izoh (0)