24-yanvar kuni Hindiston poytaxtiga AQSh prezidenti Barak Obama tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Mahalliy hukumat tomonidan olib borilayotgan xavfsizlik choralari ushbu voqeaning Hindiston uchun naqadar muhimligini bildiradi.
Obama 26-yanvar — Respublika kuni munosabati bilan uyushtiriladigan tantanalarda faxriy mehmon bo‘ladi.
Amerika prezidenti uchun tadbirlarga to‘la dastur tayyorlab qo‘yilgan. Tafsilotlar ma’lum qilinmayotgan bo‘lsa-da, u ko‘plab shaharlarga tashrif buyurib, mahalliy tadbirkorlar, siyosatchilar va jamoatchilik vakillari bilan ko‘rishishi rejalashtirilgan.
Obama kelishidan avval ko‘chalardan hinduiylar uchun muqaddas bo‘lgan sigirlar yo‘qotiladi. Ular uchun shahar merligi maxsus og‘ilxonalar tayyorlamoqda. Shuningdek daydi itlar va maymunlar ham maxsus joyga yig‘ib keltiriladi.
Mahalliy OAVlar yozishicha, bayram marosimi bo‘lib o‘tadigan Rajpat shahridagi markaziy ko‘cha havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari bilan qurshaladi.
Izoh (0)