Sud Irkutsk viloyatida 22 ayolni o‘ldirgan sobiq militsiya xodimi Mixail Popkovni bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markinga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
1994—2000-yillarda Irkutsk viloyati Angarsk shahrida ayollar yo‘qola boshlagan. Keyinroq ularning jasadlari zo‘ravonlik belgilari bilan topilgan.
2012-yil iyunda mahalliy fuqaro, sobiq shahar militsiyasi xodimi Mixail Popkov gumonlanuvchi sifatida qo‘lgan olingan. Tergov davomida u ayollarga nisbatan 22 ta qotillikni amalga oshirgani va ikki marta suiqasd qilishga uringanligini tan oldi.
Izoh (0)