NATO Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalarini yakunlab, 2015-yilda e’tiborini Yevropaga, xususan, Rossiya tajovuzini daf etishga mo‘ljallangan o‘ta tezkor javob ko‘rsatish kuchlarini tashkil qilishga qaratadi. Bu haqda Business Insider’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Sentabrda AQSh prezidenti Barak Obama va NATOga a’zo boshqa davlatlar rahbarlari ko‘p milliatli qo‘shin tuzish haqida bitim imzolagan edi. “Bosh otryad” deb ham nomlanadigan ushbu qo‘shinlar Putinning xatti-harakatlaridan qo‘rqib ketgan alyans a’zolari pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida Yevropaga joylashtiriladi.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ushbu yangi kuchlarni “kollektiv mudofaa tizimimizning sovuq urush tugaganidan buyon tuzilgan eng kuchli istehkomi” deb atadi.
Izoh (0)