7-yanvar, chorshanba kuni Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida avtobus jarlikka qulab ketdi, natijada 11 kishi halok bo‘ldi, yana 35 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa Anantapur okrugidagi Penukonda shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Road Transport Corporation kompaniyasiga tegishli avtobus Madakasiradan yo‘lga chiqqan bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi sababi noma’lum. Avtobus jar tubiga qulashdan avval to‘nkarilib ketgan. Halok bo‘lganlarning to‘rt nafari talabalar bo‘lgan.
Izoh (0)