Kech uxlaydigan kishilarda aql-idrok darajasi uyquga erta ketadiganlarga qaraganda balandroq bo‘ladi. Bu haqda Psychology Today statistik ma’lumotlariga tayanib, “Segodnya.ua” xabar berdi.
Amerikalik talabalar ustida o‘tkazilgan tajriba natijalari aql-zakovati yuqori darajada bo‘lgan odamlar o‘zlarining qobiliyatsizroq tengdoshlariga nisbatan ancha kech uyquga ketishini ko‘rsatdi.
London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi psixologi Satosi Kanajava aql-zakovat darajasi va uyqu rejimi o‘rtasidagi ba’zi bog‘liqliklarni aytib o‘tdi. Chunonchi, kech uxlaydiganlarda orzu qilish va reja tuzish uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi: kunduz kuni oila, ish, do‘stlar va boshqa tashvishlar bilan band bo‘lib, kishi bunday ishlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shuningdek, tun qorong‘isi o‘ziga xos ruhiy va hissiy tuyg‘ularni boshdan kechirishga undaydi, bu ayniqsa shoirtabiat kishilar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh (0)