Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 9-yanvar kuni Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Berlinga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda” GFR hukumatining rasmiy vakili Shtefen Zaybertga tayanib.
Uchrashuv Ukrainadagi nizolarga barham berish va yanvar o‘rtalarida Ostonada bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan muzokaralarga tayyorgarlikka bag‘ishlanadi.
Zaybert 15-yanvarga mo‘ljallangan Ostonadagi uchrashuv amalga oshish-oshmasligi haqida aniq ma’lumot bermadi.
Izoh (0)