Britaniyalik tadqiqotchilar qishloq hududlarga yuqori tezlikli internet joriy qilish maqsadida qo‘ylarga Wi-Fi tarqatuvchi uskunalarni o‘rnatmoqchi, deya xabar berdi “Noviy vek”.
Lankaster universiteti professori Gordon Bleyr rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi ushbu loyihani amalga oshirish uchun 171,5 ming funt sterlingga ega bo‘ldi.
Olimlar fikricha, keng yalangliklarda o‘tlab yuradigan qo‘ylarni simsiz signalni qabul qiluvchi va uzatuvchilardan iborat zanjirga aylantirish orqali olis tumanlarni internet bilan ta’minlash mumkin.
Wi-Fi modullari raqamli bo‘yinbog‘lar bilan integratsiyalashadi, uning yordamida qo‘ylarning harakatlanishi ustidan nazorat o‘rnatish mumkin.
Izoh (0)