Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Yangi yil murojaati Moskvada yozib olinadi. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, Newsru.com xabar berdi.
“Putin fuqarolarga Moskvadan, mamlakatimiz poytaxtidan murojaat qiladi”, — deya aniqlik kiritdi u.
Avvalroq Kreml prezidentning xalqqa Yangi yil murojaati qayerda yozib olinishini e’lon qilishdan bosh tortgan edi. Har yili an’anaviy ravishda murojaat yozib olinadigan Spass minorasi ayni restavratsiya ishlari tufayli yopilgani uchun bunday savollar yuzaga kelgan edi.
Soqchilik federal xizmati rahbari Sergey Devyatov Kreml kuranti Yangi yil kechasida yopiq bo‘lsa-da, mexanizm ishlashi va vaqtni ko‘rsatib bong urishini ta’kidladi.
Izoh (0)