Shvetsiyaning Eskilstun shahrida masjidni yoqib yuborishdi, deya xabar bermoqda Reuters mahalliy politsiyaga tayanib. Yong‘in chog‘ida binoda 15—20 kishi bo‘lgan. Hodisa natijasida 5 kishi halok bo‘lgan.
Politsiya xodimi so‘zlariga ko‘ra, guvoh kimningdir masjid derazasidan buyumni ichkariga irg‘itganini ko‘rgan, shundan so‘ng kuchli yong‘in boshlangan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazildi. Hozircha hodisa bo‘yicha gumonlanuvchilar yo‘q.
Agentlik yozishicha, yong‘in “Shvetsiya demokratlari” o‘ng partiyasining muhojirlarga qarshi faol namoyishlari fonida sodir bo‘ldi. Siyosiy tashkilot vakillari mamlakatda boshpana berish uchun kvotani 90 foizga qisqartirishni talab qilmoqda.
Izoh (0)