Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh Pxenyanning yadro va raketa dasturi haqida razvedka ma’lumotlari bilan ayirboshlash bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolamoqchi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Imzolash kelasi haftada bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan, biroq aniq sana ma’lum qilinmayapti. Xabar berilishicha, Seul, Tokio va Vashington KXDR tomonidan “xavf tug‘ilayotgani” munosabati bilan bunday qarorni qabul qilgan.
Izoh (0)