O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Onam aytgan allalar” deb nomlangan alla ijrochilari festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu festivalda ijodiy va jamoat tashkilotlari, poytaxtdagi milliy madaniyat markazlari vakillari, san’atkorlar, orkestr jamoalari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.
Ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy urf-odat va an’analar, bebaho ma’naviy qadriyatlar, nomoddiy madaniy meros durdonalarini asl holicha asrab-avaylash, rivojlantirish, uning mohiyatini yoshlarga yetkazishdan iboratdir.
San’at ustalari va yosh ijrochilarning kuy-qo‘shiqlari, sahnalashtirilgan tomoshalar festivalga yanada fayz bag‘ishladi.
Izoh (0)