Moskvada 15 yoshli qizning ikkala oyog‘ini tramvay kesib ketdi, deya xabar bermoqda Interfax huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayanib.
26-noyabr kuni tongda qiz yo‘lni svetofor o‘rnatilmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq tramvay tagida qolgan.
Jabrlanuvchi ikkala oyoq amputatsiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.
Izoh (0)