24-noyabr, dushanba kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukrainaning NATOga qo‘shilishi bo‘yicha qaror butunukraina referendumida qabul qilinishini aytdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“NATOga a’zo bo‘lish-bo‘lmaslik — bu faqat ukrain xalqining ixtiyorida. Biz Ukraina NATO talablariga javob berishi uchun zarur bo‘lgan mezonlarni ishlab chiqdik. Ularga erishilgandan so‘nggina, Ukraina xalqi referendumda qaror beradi”, — dedi Poroshenko matbuot anjumanida.
Izoh (0)