Germaniya politsiyasi Rossiya bilan bo‘ladigan urushdan xavfsirab, o‘z hisob-kitoblari bo‘yicha yadroviy portlashga dosh bera oladigan bunker qurib, qurol-yarog‘ to‘plagan 59 yoshli elektrikni qo‘lga oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bunkerni germaniyalik o‘zining Kelxaym shahridagi uyi yerto‘lasida qurgan. U yerdan 2 ta avtomat, 80 ta miltiq, 60 ta to‘pponcha, 20 mingta patron va portlovchi vositalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan 40 kilogramm modda topilgan. Elektrik, shuningdek, oziq-ovqat zaxirasini ham yaratib, ventilyatsiya va suv tozalash tizimini qurgan.
Mahalliy politsiya fuqaro bularning barchasini bitta o‘zi qurganini aytdi. Uning ruhiy sog‘lom ekanligi va ekstremistik guruhlar bilan aloqador emasligi aniqlandi. Ayni paytda erkak qurol-yarog‘ va portlovchi moddalarni noqonuniy ravishda saqlaganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)