“Yil odami” nomi uchun Time jurnali o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan ovoz berishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining amerikalik hamkasbi Barak Obamani ortda qoldirmoqda. Bu haqda Time saytiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Putin ovozlarning 6,6 foizini, Amerika prezidenti esa 2,2 foizini to‘plagan.
“Yil odami” nomiga ulardan tashqari AQSh davlat kotibi Jon Kerri, Braziliya prezidenti Dilma Russef va Germaniya kansleri Angela Merkel ham da’vogarlik qilmoqda.
Izoh (0)