O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 30-noyabr kuni Meksikada start oladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Mavzur Umarxo‘jayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o‘rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o‘z unvonini himoya qiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi qur’aga ko‘ra jahon chempionatining “A” guruhida Braziliya, Irlandiya va Ukraina terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Terma jamoa Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 30-noyabr kuni Ukraina terma jamoasiga qarshi o‘tkazsa, 1-dekabr Irlandiya, 2-dekabr kuni esa Braziliyaga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, 30-noyabr − 8-dekabr kunlari Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida jami 22 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Izoh (0)