Formula-1 tibbiy shtabi sobiq rahbari Gari Xartsteyn Mixael Shumaxerning bir necha yil ichida vafot etishini aytdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
“Shumaxer kabi bemorlarning umri bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Hozirda dunyo Mixael bilan vidolashish bosqichida turibdi”, — dedi shifokor.
Yetti karra Formula-1 chempioni o‘zining Shveysariyadagi uyidagi yashab, reabilitatsiya kursini o‘tamoqda, biroq uning sog‘lig‘i haqida xabar berilmayapti. Sobiq poygachini parvarishlash bo‘yicha tibbiy protseduralar haftasiga 100 ming funt sterlingga baholanmoqda.
“Vaqt ketmoqda va uning ahvoli yaxshilanishi ehtimoli ham kamayib bormoqda”, — dedi Xartsteyn.
Shumaxer 2013-yil 29-dekabrda Fransiyadagi Alp tog‘larida chang‘i uchayotganida boshidan og‘ir jarohat olgan va uzoq vaqt sun’iy koma holatida bo‘lgan. Iyun oyining so‘ngida uning komadan chiqqani va Lozannadagi reabilitatsiya shifoxonasiga olib kelingani haqida xabar tarqalgan. Shundan so‘ng, sentabr oyi o‘rtalarida Shumaxerning kasalxonadan chiqarilgani ma’lum qilindi.
Izoh (0)