Moskvaning “Torpedo” futbol klubi yarim himoyachisi Kirill Kombarov ijtimoiy tarmoqlardan biriga tirik ayiq bilan tushgan suratini joyladi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Rasmlarda Kombarovlar kichik o‘g‘illarining tug‘ilgan kunini nishonlayotgani muhrlangan. Qizig‘i shundaki, Kombarovlar bilan birga, suratda tirik ayiqni ham ko‘rish mumkin, uning ustida esa futbolchining bolalaridan biri o‘tiribdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Kirill Kombarov Moskvaning “Torpedo”sida ijara huquqi ostida o‘ynaydi, biroq u aslida Moskvaning “Spartak” futbol klubiga tegishli.
Izoh (0)