Hindistonda an’anaviy xalq tibbiyotini, shu jumladan yoga va ayuverdani ommalashtirish bilan shug‘ullanadigan vazirlik tashkil qilindi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Hukumat 2014—2015-yillarda ushbu idora ehtiyoji uchun 174 million dollar ajratadi.
Yangi tayinlangan yoga vaziri Shripad Naik so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy tibbiyot haligacha yetarlicha ommalashmagan va vazirlik uni “ommaga yetkazadi”.
Nashrning eslatishicha, Hindiston bosh vaziri Narenda Mode hind an’anaviy tibbiyoti tarafdori hisoblanadi. 2014-yil sentabrida BMT Bosh assambleyasi chog‘ida u xalqaro yoga kunini joriy qilish taklifi bilan chiqqan edi.
Izoh (0)