Har yili Antarktida ustidagi stratosferada shakllanadigan ozon tuynugi maydoni shu qit’aning maydonidan 1,7 marta oshib ketdi. Bu haqda Yaponiya milliy meteorologik boshqarmasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, bu yil Antarktida tepasidagi ozon tuynugi avgustda paydo bo‘lgan va sentabr oxirida jadal kengayib, 23 million metr² ga yetgan, bu Antarktida maydonidan 1,7 marta katta demakdir.
“Xalqaro cheklovlar sharofati bilan atmosferaga freon kabi gazlarning chiqarilishi kamayib borayotgan bo‘lsa-da, ozon tuynugining o‘lchami 1980-yilgi darajaga yetishi uchun kamida 35 yilcha vaqt kerak”, — deya ta’kidladi Yaponiya meteorologiya idorasidagilar.
Izoh (0)