Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) o‘z harbiy tuzilmasini yaratmoqchi emas, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezensevga tayanib.
“ShHT xartiyalarining bazaviy nizomlari ushbu tashkilot rahbarligida hech qanday qurolli shakllanmalar tuzilishini nazarda tutmaydi”, — dedi u.
Mezensevning qo‘shimcha qilishicha, mudofaa vazirliklari bilan hamkorlik doirasida o‘tkaziladigan “Tinchlik missiyasi” harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining vazifasi ShHT mamlakatlari bo‘linmalari bilan aksilterrorchilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.
Izoh (0)